O‘zbekiston

Baxtiyor Saidov Finlyandiyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Baxtiyor Saidov Finlyandiyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Baxtiyor Saidov Finlyandiyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi / Surat: O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 7 iyul kuni Finlyandiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoxanna Mariya Ogrenning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Uchrashuv davomida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada faollashgani taʼkidlandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yana-da kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.

Baxtiyor Saidov Yoxanna Mariya Ogrenga diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi hamda uning O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.