O‘zbekiston

O‘zbekiston TIV Yaponiya elchisi bilan hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi

O‘zbekiston TIV Yaponiya elchisi bilan hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi
O‘zbekiston TIV Yaponiya elchisi bilan hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi / Foto: Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov 8 sentyabr kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kenji Xirata bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya munosabatlarining kun tartibidagi joriy masalalarini, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu yo‘nalishda yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Yaponiya vakillari joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.