Angrenda poliester iplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Angrenda poliester iplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Angrenda poliester iplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati maxsus iqtisodiy zonasining Angren shahar hududida Xitoy investisiyasi ishtirokida tashkil etilgan “Feiyan” MCHJ xorijiy korxonasi ish boshladi.

Mazkur loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalar asosida POY va DTY turdagi poliefir kalava iplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida 170 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Tadbirda Angren shahar hokimi, korxona ta’sischilari, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik uskunalari va tayyor mahsulotlari bilan tanishdilar.

Mazkur loyiha mamlakatimizda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling