NKMK yarim yilda 1,5 mln unsiyadan ortiq oltin ishlab chiqardi
NKMK yarim yilda 1,5 mln unsiyadan ortiq oltin ishlab chiqardi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati (NKMK) 2026 yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha operatsion natijalarini eʼlon qildi. Olti oy davomida korxona 1 million 508,8 ming troy unsiya oltin ishlab chiqardi.
Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, ishlab chiqarilgan mahsulotning pul ifodasidagi hajmi 86,2 trillion so‘mni tashkil etdi.
Hisobot davrida Investitsiya dasturi doirasida 236,8 million AQSH dollari o‘zlashtirildi.
Shuningdek, NKMK tomonidan 1008 ta yangi ish o‘rni yaratilgani maʼlum qilindi.
Lokalizatsiya dasturi doirasida korxona 808,7 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqardi.
Bundan tashqari, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi doirasida kombinat taxminan 4,2 trillion so‘mlik mahsulot xarid qildi.