O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

O‘zbekiston banklari kapitali 145,5 trln so‘mga yetdi

UzDaily tahririyati · 10.07.2026 · 21:45 · 35 views
O‘zbekiston banklari kapitali 145,5 trln so‘mga yetdi

O‘zbekiston banklari kapitali 145,5 trln so‘mga yetdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bank maʼlumotiga ko‘ra, 2026 yil 1 iyun holatiga O‘zbekiston tijorat banklarining jami kapitali 145,5 trillion so‘mni tashkil etdi.

Davlat ulushi mavjud banklar hissasiga 85,4 trillion so‘m yoki bank sektori umumiy kapitalining 58,7 foizi to‘g‘ri keladi. Qolgan banklar kapitali esa 60,1 trillion so‘mni yoki 41,3 foizni tashkil qildi.

Mamlakat banklari orasida eng katta kapitalga O‘zmilliybank ega bo‘lib, uning kapitali 20,8 trillion so‘mni yoki umumiy ko‘rsatkichning 14,3 foizini tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda 13,8 trillion so‘m (9,5 foiz) bilan Agrobank, 12,8 trillion so‘m (8,8 foiz) bilan O‘zsanoatqurilishbank, 11,1 trillion so‘m (7,7 foiz) bilan Xalq banki hamda 9,5 trillion so‘m (6,5 foiz) bilan Asaka bank joylashdi.

Mamlakat banklari orasida eng kam kapital Open bank hissasiga to‘g‘ri kelib, u 514,5 milliard so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, Madad invest bankning kapitali 530,2 milliard so‘m, AVO bankniki 546,3 milliard so‘m, Saderat bankniki 555,4 milliard so‘m va Garant bankniki 572,1 milliard so‘mni tashkil qildi.