O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

O‘zbekiston banklari kredit portfeli 636 trln so‘mga yetdi

UzDaily tahririyati · 10.07.2026 · 21:50 · 31 views
O‘zbekiston banklari kredit portfeli 636 trln so‘mga yetdi

O‘zbekiston banklari kredit portfeli 636 trln so‘mga yetdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bank maʼlumotiga ko‘ra, 2026 yil 1 iyun holatiga O‘zbekiston tijorat banklarining jami kredit portfeli 636 trillion so‘mga yetdi.

Davlat ulushi mavjud banklar tomonidan 420,4 trillion so‘mlik kreditlar ajratilgan bo‘lib, bu bank sektori umumiy kredit portfelining 66,1 foizini tashkil etdi.

Qolgan banklar hissasiga esa 215,5 trillion so‘m yoki umumiy kredit portfelining 33,9 foizi to‘g‘ri keladi.

Kreditlash hajmi bo‘yicha yetakchilikni 107,5 trillion so‘m yoki bank tizimidagi barcha kreditlarning 16,9 foiziga ega O‘zmilliybank saqlab qolmoqda. Undan keyin Agrobank — 90,9 trillion so‘m (14,3 foiz), O‘zsanoatqurilishbank — 61,2 trillion so‘m (9,6 foiz), Asaka bank — 40,2 trillion so‘m (6,3 foiz) va Kapitalbank — 37,9 trillion so‘m (6 foiz) joylashgan.

Eng kichik kredit portfeli Saderat bank hissasiga to‘g‘ri kelib, u 9,2 milliard so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, Uzum bankning kredit portfeli 241,5 milliard so‘m, Poytaxt bankniki 370,5 milliard so‘m, Madad invest bankniki 593,4 milliard so‘m va Oktobankniki 606,9 milliard so‘mni tashkil qildi.