O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

Fransiyaning MND kompaniyasi Chimyon kurortini rivojlantirishda ishtirok etmoqda

UzDaily tahririyati · 10.07.2026 · 21:25 · 28 views
Fransiyaning MND kompaniyasi Chimyon kurortini rivojlantirishda ishtirok etmoqda

Fransiyaning MND kompaniyasi Chimyon kurortini rivojlantirishda ishtirok etmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasida Qo‘mita raisi Abdulaziz Aqqulov Fransiyaning Montagne et Neige Dеveloppement (MND) kompaniyasi asoschisi va direktorlar kengashi raisi Ksavye Gallo-Lavalle bilan uchrashdi.

MND France tog‘ kurortlari infratuzilmasini yaratishga ixtisoslashgan Fransiyaning sanoat kompaniyalari guruhidir. Kompaniya dor yo‘llari, sun’iy qor hosil qilish tizimlari, qor ko‘chishidan himoya inshootlari hamda turistik attraksionlar yo‘nalishida zamonaviy yechimlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Bugungi kunda MND France dunyoning 49 ta mamlakatidagi 3 mingdan ortiq mijoz bilan hamkorlik qiladi. 

Uchrashuvning asosiy mavzusi to‘rt faslda faoliyat yurituvchi xalqaro “Chimyon” kurortini barpo etish loyihasining amalga oshirilish jarayoni hamda O‘zbekistonda zamonaviy tog‘-turizm infratuzilmasini yaratish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘ldi.

Loyiha doirasida MND France kurortning asosiy obyektlari uchun uskunalarni yetkazib berish va ularni qurish ishlarini amalga oshirmoqda. Jumladan, kanat yo‘llari, sun’iy qor hosil qilish tizimlari, qor ko‘chishidan himoya inshootlari hamda zamonaviy turistik attraksionlar bunyod etilmoqda. 

Muzokaralar davomida tomonlar loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish, qurilishda yuqori sifat standartlariga qat’iy rioya etish hamda “Chimyon” kurorti negizida xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy turistik majmuani shakllantirish muhimligini ta’kidladilar. Shuningdek, majmua foydalanishga topshirilgandan so‘ng tajribalarni kompaniyalarni boshqaruvga jalb qilish masalasi ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonda tog‘, oilaviy, sport va sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirishga qaratilgan amaliy hamkorlikni izchil davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdi.