O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston va Belarus delegatsiyalari AES qurilishini ko‘zdan kechirdi

UzDaily tahririyati · 21.07.2026 · 11:20 · 49 views
O‘zbekiston va Belarus delegatsiyalari AES qurilishini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston va Belarus delegatsiyalari AES qurilishini ko‘zdan kechirdi/Foto: “O‘zatom” agentligi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 20 iyul kuni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Achilbay Ramatov, Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari Viktor Karankevich, “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmadxo‘jayev hamda Belarus energetika vaziri Denis Moroz Jizzax viloyati Farish tumanida qurilayotgan integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilish maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi xabar qildi.

Tashrif davomida delegatsiyalar loyihaning amalga oshirilishi, qurilish-montaj ishlarining borishi, yordamchi infratuzilmaning yaratilishi hamda bo‘lajak stansiyani barpo etishning asosiy bosqichlari bilan tanishdi.

Tomonlar O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini barpo etishda Belarus tajribasidan foydalanish masalalarini muhokama qildi. Xususan, obyektni loyihalash, qurish va keyinchalik ekspluatatsiya qilish bosqichlarida ekspertlar ko‘magini taʼminlash yuzasidan fikr almashildi.

Urashuv ishtirokchilari, shuningdek, atom sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, amaliy tajriba almashish va ikki mamlakatning sohaviy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.