SOCAR Ustyurtda seysmik qidiruv ishlarini yakunladi
SOCAR Ustyurtda seysmik qidiruv ishlarini yakunladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi SOCAR Ustyurt platosidagi dala seysmik qidiruv ishlarini yakunlab, olingan maʼlumotlarni qayta ishlash bo‘yicha pudrat tashkilotini tanlash jarayonini boshladi.
AZERTADJ xabar berishicha, to‘plangan maʼlumotlar hajmi katta ekanini hisobga olgan holda, seysmik materiallarni qayta ishlashni 2027 yilning birinchi choragida yakunlash rejalashtirilgan.
Kompaniya, shuningdek, SOCAR va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo sohasidagi hamkorlik kengayib borayotganini maʼlum qildi. Ayni paytda tomonlar treyding, neftni qayta ishlash va yoqilg‘ini chakana sotish sohalaridagi yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qilmoqda.
Muhokama qilinayotgan tashabbuslarning aniq parametrlari hamda ularni amalga oshirish muddatlari haqida qo‘shimcha maʼlumot berilmagan.