O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi

UzDaily tahririyati · 21.07.2026 · 13:45 · 54 views
Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi

Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi tashkil etiladi
 

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “Respublikada xalqaro taʼlim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim dasturlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori PQ–269-son qabul qilindi.
 
Maʼlumot uchun: O‘zbekistonda integratsiyalashgan taʼlim dasturlarini joriy etish maqsadida Buyuk Britaniyaning “IQF – Integrated qualifications framework” taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda Xalqaro malakalar va baholash markazi (Markaz) tashkil etilgan.
 
Qarorga ko‘ra, Markazga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:
 
ishlab chiqilgan integratsiyalashgan dasturlarni QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) xalqaro reyting tashkilotlari global reytingining top-100 talik ro‘yxatiga (top-100 talik ro‘yxat) kiruvchi hamkor oliy taʼlim tashkilotlarining akademik talablariga solishtirish va muvofiqlashtirish;
 
top-100 talik ro‘yxatga kiruvchi hamkor oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tan olinadigan bakalavriatda “1+3”, “2+2”, magistraturada “1+1” kabi taʼlim modellarini ishlab chiqish;
 
O‘zbekiston Respublikasida yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplomini berishga qaratilgan tuzilmalarni (kampus, filial, franshiza, taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazlari va boshqalar) tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishish.
 
Buyuk Britaniya ilg‘or tajribasi asosida integratsiyalashgan taʼlim dasturlarini joriy qilishni yana-da kengaytirish maqsadida tajriba-sinov tariqasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi (Oliy maktab) tashkil etilishi belgilandi.