AIIB Yo'llar qo'mitasi bilan O'zbekistondagi yangi loyihalarni muhokama qildi

AIIB Yo'llar qo'mitasi bilan O'zbekistondagi yangi loyihalarni muhokama qildi

AIIB Yo'llar qo'mitasi bilan O'zbekistondagi yangi loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasida Osiyo infratuzilmaviy investitsiya bankining (OIIB) vitse Prezidenti janob R. Limitovskiy bochiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyani Qo‘mita raisi J,Tursunov qabul qildi.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki (OIIB) Xitoy tashabbusi bilan Osiyo-Tinch okeani mintaqasida moliyaviy hamkorlik va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro moliya instituti hisoblanadi.

OIIB O‘zbekistonda faol bo‘lib, yirik infratuzilma loyihalarida ishtirok etadi, mablag‘ ajratadi. OIIB O‘zbekiston iqtisodiyotiga faol sarmoya kiritmoqda va mamlakat bankning eng yirik hamkorlaridan biridir.

Mamlakatimizda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 150—228-km (78 km) qismi rekonstruksiya qilinmoqda. Hamkorlikni yana boshqa bir nechta yirik loyihalarda davom ettirish ikki tomonlama uchrashuvning bosh maqsadi.

Jumladan, Respublikamizning Xorazm viloyatida (188 km), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (328 km), Buxoro viloyatida (158 km) umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish loyihalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling