O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Toshkentda O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaytirilmoqda

UzDaily tahririyati · 31.07.2026 · 10:30 · 32 views
Toshkentda O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaytirilmoqda
Toshkentda O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaytirilmoqda   / Foto: O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Afg‘onistonda avtomobillar hamda ularning ehtiyot va butlovchi qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar delegatsiyasining Toshkent shahriga amaliy tashrifi davom etmoqda.

Savdo-sanoat palatasi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tashrif doirasida mehmonlarga Uchtepa tumanidagi “Scopus Mall” savdo majmuasida avtomobil ehtiyot qismlari savdosini tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar namoyish etildi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari 40 dan ortiq mahalliy korxona ishtirokida tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishdi. Unda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobil ehtiyot va butlovchi qismlari hamda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyati taqdim etildi.

Uchrashuvlar davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va afg‘onistonlik tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish, eksport hajmini kengaytirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.