O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Ahadxon Isoqjonov energoresurslar inspeksiyasiga rahbar bo‘ldi

UzDaily tahririyati · 27.07.2026 · 16:10 · 27 views
Ahadxon Isoqjonov energoresurslar inspeksiyasiga rahbar bo‘ldi

Ahadxon Isoqjonov energoresurslar inspeksiyasiga rahbar bo‘ldi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Ahadxon Isoqjonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ushbu lavozimda u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan Dadajon Isaqulovning o‘rnini egalladi.

Inspeksiya elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Ahadxon Ikromjonovich Isoqjonov 1978 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan.

U 2002 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsilni yakunlagan. 2023 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini sirtqi taʼlim shaklida tamomlagan.

Yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Ahadxon Isoqjonov Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.