O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

2025 yilda O‘zbekistonga Janubiy Koreyadan 46,3 ming nafar turist tashrif buyurdi

UzDaily · 03.02.2026 · 11:15 · 1406 views
2025 yilda O‘zbekistonga Janubiy Koreyadan 46,3 ming nafar turist tashrif buyurdi

2025 yilda O‘zbekistonga Janubiy Koreyadan 46,3 ming nafar turist tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilda O‘zbekistonga turistik va ishbilarmonlik maqsadlarida Koreya Respublikasining 46,3 ming nafar fuqarosi tashrif buyurgan, deya xabar qildi Milliy statistika qo‘mitasi.

O‘tgan yilga nisbatan koreyalik turistlar soni 5,2 ming nafarga, yaʼni 12,2 foizga oshgan.

Tashriflarning asosiy qismi turistik safarlarga to‘g‘ri kelib, ular soni 36,1 ming nafarni tashkil etgan.

Xizmat safari bilan 5,1 ming nafar, qarindoshlarni ziyorat qilish maqsadida 4,1 ming nafar, o‘qish uchun 917 nafar, tijorat maqsadida esa 4 nafar fuqaro O‘zbekistonga kelgan.

UzDaily · 👁 1406 views · 03.02.2026 · 11:15