Shoshilinch
Turizm

O‘zbekiston 9 oyda 10 milliondan ortiq sayyohni qabul qildi

O‘zbekiston 9 oyda 10 milliondan ortiq sayyohni qabul qildi
O‘zbekiston 9 oyda 10 milliondan ortiq sayyohni qabul qildi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonga 10,3 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,4 foizga ko‘p. Bu haqda sohaviy idora xabar berdi.

Faqat sentyabr oyining o‘zida mamlakatga 1,2 million nafar sayyoh tashrif buyurdi.

To‘qqiz oy davomida sayyohlar oqimining eng sezilarli o‘sishi Xitoydan qayd etildi — 2,1 baravar. Malayziyadan turistik safarlar soni 1,9 baravar, Misr va Ruminiyadan 1,8 baravar, Indoneziyadan esa 1,7 baravar oshdi.

Yaponiyadan kelgan sayyohlar soni 1,5 baravar, AQSHdan 1,4 baravar, Rossiyadan esa 1,3 baravar ko‘paydi.

Bundan tashqari, Germaniya va Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlar soni 25 foizga oshdi. Fransiyadan sayyohlar oqimi 21 foizga, Turkiyadan esa 15 foizga o‘sdi.

Shu bilan birga, turistik xizmatlar eksporti o‘sishi ham davom etdi. 2026 yil yanvar–sentyabr oylarida uning hajmi 5,3 milliard dollarga yetdi. Bu 2025 yilning shu davriga nisbatan 51,2 foizga ko‘p.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.