Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent va Xiva o‘rtasida «Jaloliddin Manguberdi» qo‘shimcha elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd har bir yo‘nalishda haftasiga ikki marta harakatlanadi. Bu haqda “Temiryo‘lekspress” xabar berdi.
№754 «Toshkent – Xiva» poyezdi payshanba va shanba kunlari soat 11:20 da jo‘nab, Xivaga soat 19:51 da yetib boradi.
Qaytish yo‘nalishida №753 «Xiva – Toshkent» poyezdi juma va yakshanba kunlari qatnaydi.
Xivadan poyezd soat 11:00 da jo‘naydi, Toshkentga esa soat 19:36 da yetib keladi.
Shuningdek, yo‘lovchilar uchun Xiva va Urganch xalqaro aeroporti o‘rtasida qo‘shimcha reyslar tashkil etiladi. Bu temiryo‘l va havo transporti o‘rtasidagi qatnovlarni qulayroq rejalashtirish imkonini beradi.
№7055 «Urganch xalqaro aeroporti – Xiva» poyezdi juma va yakshanba kunlari soat 09:00 da jo‘nab, Xivaga soat 09:42 da yetib boradi.
Qaytish yo‘nalishida №7056 «Xiva – Urganch xalqaro aeroporti» poyezdi payshanba va shanba kunlari soat 21:00 da jo‘naydi va aeroportga soat 21:42 da yetib keladi.
Yo‘lovchilarga Toshkent, Xiva va Urganch xalqaro aeroporti o‘rtasidagi safarlarni rejalashtirishda yangi jadvalni hisobga olish tavsiya etildi.