Shoshilinch
O‘zbekiston

Yunusobodda yomg‘ir suvlarini chiqarish uchun yangi quvur yotqizilmoqda

Yunusobodda yomg‘ir suvlarini chiqarish uchun yangi quvur yotqizilmoqda
Yunusobodda yomg‘ir suvlarini chiqarish uchun yangi quvur yotqizilmoqda / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Yunusota ko‘chasida yomg‘ir va sel suvlarining to‘planishining oldini olish bo‘yicha muhandislik ishlari boshlandi. Loyiha doirasida diametri 526 mm bo‘lgan 30 metr uzunlikdagi quvur yotqiziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, loyihaning amalga oshirilishi yog‘ingarchilik paytida ushbu hududni suv bosishining oldini olish hamda yomg‘ir va sel suvlarini o‘z vaqtida chiqarib yuborish imkonini beradi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.