Yaponiya kompaniyasi O‘zbekistondan avtobus haydovchilarini yollashni rejalashtirmoqda
Yaponiya kompaniyasi O‘zbekistondan avtobus haydovchilarini yollashni rejalashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yo‘lovchi va sayyohlik avtobuslarini tashishga ixtisoslashgan yirik yapon transport kompaniyasi Willer Express O‘zbekistondan haydovchilarni yollashga qiziqish bildirdi. Operator Yaponiya bozoridagi eng rivojlangan kompaniyalardan biri bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab, shimoliy hududlardan janubiy hududlargacha transport xizmatlarini ko‘rsatadi.
Yaponiyaning xalqaro kadrlarni tayyorlash va ishga joylashtirish sohasida yetakchi kompaniyalaridan biri “Onodera User Run” ushbu tashkilotni O‘zbekiston bozoriga olib kirmoqda.
Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev, "Willer Express" rahbari Hirayama Koji va “Onodera User Run” kompaniyasi vakili Kato Jun o‘rtasida imzolangan uch tomonlama kelishuvga ko‘ra:
O‘zbekistonda "Willer Express" uchun avtobus haydovchilarini tayyorlash va Kun chiqar mamlakatda yuqori daromadli ish o‘rinlariga joylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent shahrida zamonaviy o‘quv poligoni barpo etiladi. Amaliyot jarayonlari uchun Yaponiyadan o‘ng boshqaruvli avtobuslar olib kelinadi.