O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

DABS delegatsiyasi "O'zelektroapparat-Elektroshit" korxonasiga tashrif buyurdi

UzDaily tahririyati · 30.07.2026 · 10:35 · 27 views
DABS delegatsiyasi "O'zelektroapparat-Elektroshit" korxonasiga tashrif buyurdi
DABS delegatsiyasi "O'zelektroapparat-Elektroshit" korxonasiga tashrif buyurdi  / Foto: Uzelektroapparat-Elektroshit.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Afg‘oniston Islom Respublikasi Energetika sohasi vakillari hamda Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) bosh ijrochi direktori Al-Haj Mullah Abdul Haq Hamkar boshchiligidagi delegatsiya “Uzelektroapparat-Elektroshit” korxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya korxonada ishlab chiqarilayotgan smart elektr hisoblagichlar, ASKUE va ASKUG tizimlari, SMT liniyalar, shuningdek, zamonaviy podstansiyalarni yig‘ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlar smart elektr hisoblagichlari bugungi kunda xonadonlar va sanoat obyektlarida elektr energiyasini aniq hisobga olish, masofadan boshqarish hamda nazorat qilish imkoniyatlari tufayli ularga bo‘lgan talab tobora ortib borayotganini ta’kidladi.

Delegatsiya kabel sanoati bilan tanishadi.