Valyuta kurslari 21/05/2025
$1 – 12892.91
UZS – 0,27%
€1 – 14512.26
UZS – 0,05%
₽1 – 160.34
UZS – 0,39%
Qidirish
Iqtisod 01/05/2025 Xorijiy IT-kompaniyalarning O‘zbekistondagi soliq to‘lovlari 42 foizga oshdi

Xorijiy IT-kompaniyalarning O‘zbekistondagi soliq to‘lovlari 42 foizga oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalardan tushgan soliq tushumlari qariyb 1,5 baravarga oshdi, deyiladi Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 68 ta xorijiy kompaniyaning soliq to‘lovlari 36,2 milliard so‘mni (o‘sish 42 foiz) yoki amaldagi kurs bo‘yicha 2,79 million dollarni tashkil etdi. To’langan soliqlarning 94,5%i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi:

Apple - 10,6 mlrd so'm;
Meta - 10,5 mlrd so'm;
Google - 8,9 mlrd so'm;
OpenAI - 1,1 mlrd so'm;
TikTok - 934,8 mln so'm;
Вooking.соm - 542,7 mln so'm;
Netflix - 467,6 mln so'm;
Zoom - 432,6 mln so'm;
Acca - 427 mln so'm;
Xsolla - 235,6 mln so'm.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling