O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Toshkent viloyati Xitoy bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi

UzDaily tahririyati · 05.08.2026 · 10:25 · 101 views
Toshkent viloyati Xitoy bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi
Toshkent viloyati Xitoy bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi / Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Xitoy Xalq Respublikasining "Wonderful International Investment Group" kompaniyasi vakillarini qabul qildi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi mustahkam strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda Toshkent viloyatining investitsiyaviy salohiyati, hududda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda "TSC-HK-INVESTMENT" MChJ bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.