Shavkat Mirziyoyev Turkiya bilan taʼlim sohasidagi bitimni tasdiqladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026 yil 29 yanvar kuni Anqara shahrida imzolangan O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasidagi taʼlim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.
Tegishli qaror davlat rahbari tomonidan 1 avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi qonunning 22-moddasiga muvofiq imzolandi.
Bitimni amalga oshirish uchun masʼul organ etib O‘zbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi belgilandi.
Tashqi ishlar vazirligiga Turkiya tomoniga O‘zbekiston tomonidan bitimning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani haqida bildirishnoma yuborish, shuningdek, uni amalga oshirish vakolatiga ega idora to‘g‘risida axborot taqdim etish topshirildi.
Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirliklar va idoralarga bitim kuchga kirganidan so‘ng uning qoidalari ijrosi ustidan nazoratni taʼminlash vazifasi yuklatildi.