O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 11,3 trln so‘mga yetdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2026 yil yanvar–iyun oylarida sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 11,3 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,8 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Ko‘rsatilgan xizmatlar tarkibida eng katta ulushni sog‘liqni saqlashning boshqa xizmatlari egallab, ularning hissasi 53,7 foizni tashkil etdi. Shifoxona muassasalari xizmatlari umumiy hajmning 31,8 foiziga, tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlari esa 14,5 foiziga to‘g‘ri keldi.
Sog‘liqni saqlash xizmatlarining eng yuqori hajmi Toshkent shahrida qayd etildi. Olti oy davomida bu ko‘rsatkich 5,2 trillion so‘mga yetdi.
Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 1,1 trillion so‘m va Samarqand viloyati 830,2 milliard so‘m ko‘rsatkich bilan qayd etildi.
Farg‘ona viloyatida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 675,4 milliard so‘mni, Namangan viloyatida 550,4 milliard so‘mni, Andijon viloyatida esa 507,2 milliard so‘mni tashkil qildi.
Buxoro viloyatida mazkur ko‘rsatkich 392,3 milliard so‘mga, Xorazm viloyatida 390,9 milliard so‘mga, Qashqadaryo viloyatida 360,4 milliard so‘mga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 335,5 milliard so‘mga yetdi.
Surxondaryo viloyatida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 262 milliard so‘mni, Jizzax viloyatida 251,5 milliard so‘mni, Sirdaryo viloyatida 203,2 milliard so‘mni, Navoiy viloyatida esa 193,1 milliard so‘mni tashkil qildi.