7
Sport

O‘zbekiston U-20 Janubiy Koreya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston U-20 Janubiy Koreya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston U-20 Janubiy Koreya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi / Foto: AFU.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligida 25 avgust kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv o‘zbekistonlik futbolchilar uchun 25 avgustdan 6 sentyabrga qadar bo‘lib o‘tadigan U-20 Osiyo kubogi saralash turniri oldidan so‘nggi nazorat bahsi bo‘ladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi orqali murabbiylar shtabi futbolchilarning bo‘lajak saralash o‘yinlariga tayyorgarlik darajasini baholashi va rasmiy uchrashuvlar boshlanishi oldidan jamoaning imkoniyatlarini aniqlashi mumkin.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.