Xitoyning Shaoxing Shaxue Farg‘onaga 10 million dollar sarmoya kiritadi

Xitoyning Shaoxing Shaxue Farg‘onaga 10 million dollar sarmoya kiritadi

Xitoyning Shaoxing Shaxue Farg‘onaga 10 million dollar sarmoya kiritadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Shaoxing Shaxue Daily Chemical Products Co., Ltd” kompaniyasi rahbari, “LULIN” MCHJ taʼsischisi Chjan Veysinni qabul qildi

Muloqotda Farg‘ona shahrida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan investitsiya loyihasi ko‘rib chiqildi.

Xitoy korxonasi viloyatimizda ro‘yxatdan o‘tgani maʼlum qilinib, loyiha doirasida gigiyenik mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi qayd etildi.

Loyiha qiymati 10 mln dollar bo‘lib, u ikki bosqichda amalga oshriladi va istiqbolda yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Mahsulotlar asosan Yevropa bozorlariga eksport qilinadi.

Viloyat hokimi o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishda belgilangan tartibda ko‘mak berilishini taʼkidlab, uni tez fursatlarda amalga oshirish zarurligini aytib o‘tdi.

Hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling