O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkentda odam savdosiga urinishning oldi olindi

UzDaily · 16.06.2026 · 10:40 · 32 views
Toshkentda odam savdosiga urinishning oldi olindi

Toshkentda odam savdosiga urinishning oldi olindi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida tezkor tadbir davomida O‘zbekiston fuqarosini jinsiy ekspluatatsiya maqsadida chet elga olib chiqishga bo‘lgan urinishning oldi olindi.

Gumonlanuvchi jabrlanuvchini Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘natishga uringan paytda Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi.

Viloyat IIBB matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, ushlangan shaxs — Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi 25 yoshli ayol bo‘lib, u Dubay shahrida yashovchi shaxslar bilan til biriktirgan holda harakat qilgan. Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, u Jizzax viloyatida yashovchi 20 yoshli ayolning ishonchiga kirib, uni aldash yo‘li bilan chet elga chiqishini tashkil etishga uringan.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi jabrlanuvchini xorijda yuqori maoshli ish borligiga ishontirgan. Shu bilan birga, Dubayda uni boshqa bir O‘zbekiston fuqarosi kutib olishi rejalashtirilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar maʼlumotiga ko‘ra, jabrlanuvchini Toshkent aeroporti orqali Dubayga jo‘natish jarayonida tezkor tadbir o‘tkazilib, urinishga chek qo‘yilgan.

Ushlangan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “d” va “k” bandlari («Odam savdosi») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mazkur jinoyatga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha ham chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

UzDaily · 👁 32 views · 16.06.2026 · 10:40