Toshkentda anomal issiq tufayli ko‘chalarni sug‘orish kuchaytirildi
Toshkentda anomal issiq tufayli ko‘chalarni sug‘orish kuchaytirildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida yuqori harorat taʼsirini kamaytirish va changlanish darajasini pasaytirish maqsadida shaharning markaziy hamda asosiy ko‘chalarini qo‘shimcha sug‘orish ishlari tashkil etildi.
Shahar hokimligi maʼlum qilishicha, ishlar maxsus jadval asosida har kuni amalga oshirilmoqda va havo harorati barqarorlashgunga qadar davom ettiriladi.
Ko‘chalarni sug‘orish ishlari Toshkent shahar hokimligi va Bosh obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ko‘magida tashkil etilgan. Ishlar avtomobil va piyodalar harakati eng kam bo‘ladigan vaqtlarda bajarilmoqda.
Tashkilotchilarning maʼlum qilishicha, bunday jadval yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, aholi uchun noqulayliklarni eng kam darajaga tushirish hamda issiq ob-havo sharoitida shahar muhitida yana-da qulay sharoitlarni saqlab turish imkonini beradi.