Surxondaryo va Jizzaxda 9 kg ga yaqin giyohvandlik moddasi ushlandi
Surxondaryo va Jizzaxda 9 kg ga yaqin giyohvandlik moddasi ushlandi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qariyb 9 kg giyohvandlik moddasi olib qo‘yildi. Har ikki holat bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida qishloq xo‘jaligi maydonida nomaʼlum shaxslar tomonidan qoldirilgan 4 kg gashish aniqlandi. Giyohvandlik moddasi topilgani bo‘yicha zarur protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.
Jizzaxda DXXning Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda 1981 yilda tug‘ilgan, Zarbdor tumanida yashovchi fuqaroni tekshirish uchun to‘xtatdi. Uning yonidagi xo‘jalik qopi tekshirilganda, undan 4 kg 840 gramm kannabis aniqlandi. Giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Tergov doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar aniqlangan huquqbuzarliklarga aloqador shaxslarni aniqlash choralarini ko‘rmoqda.