Shveysariya 72 yildan so‘ng JCH chorak finaliga chiqdi
Shveysariya 72 yildan so‘ng JCH chorak finaliga chiqdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Shveysariya terma jamoasi 72 yildan so‘ng ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi. JCH-2026 1/8 final bahsida shveysariyalik futbolchilar asosiy va qo‘shimcha vaqtda 0:0 hisobida durang o‘ynaganidan keyin penaltilar seriyasida Kolumbiyani mag‘lub etdi.
Shveysariya terma jamoasi o‘z tarixida to‘rtinchi marta jahon chempionatining chorak finalida ishtirok etadi. Bundan avval jamoa 1934, 1938 va 1954 yillardagi jahon chempionatlarida ushbu bosqichgacha yetib kelgan, biroq hech qachon chorak final to‘sig‘ini yengib o‘ta olmagan.
Bundan oldingi uchta jahon chempionatida esa Shveysariya terma jamoasi musobaqani 1/8 final bosqichida yakunlagan edi.
2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Musobaqa tarixida ilk bor final bosqichida 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda. Turnir 19 iyul kuni yakunlanadi.
Shveysariya terma jamoasining chorak finaldagi navbatdagi raqibi amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi bo‘ladi.