Quva tumanida «Turon Turk» sanoat zonasi barpo etilmoqda

Quva tumanida «Turon Turk» sanoat zonasi barpo etilmoqda

Quva tumanida «Turon Turk» sanoat zonasi barpo etilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati Quva tumanida turkiyalik investor ishtirokida «Turon Turk» maxsus sanoat zonasini barpo etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda ushbu hududda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Shu bilan birga, investorlar turli yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ilgari surishda davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning Heyal Holding kompaniyasi asoschisi Vahdettin Xeyal bilan o‘tkazgan muzokaralari davomida parranda yetishtirish va qayta ishlash, shuningdek agrosanoat kooperativlarini tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, mazkur loyiha aholi bandligini taʼminlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, shuningdek go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik to‘g‘risida memorandum va loyihani amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling