O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Qanot Sharq mart oyi oxiridan Toshkent–Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni ochadi

Dilafro'z Niyazova · 07.02.2026 · 10:45 · 843 views
Qanot Sharq mart oyi oxiridan Toshkent–Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni ochadi
Qanot Sharq mart oyi oxiridan Toshkent–Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni ochadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent – Frankfurt – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yilishini eʼlon qildi.

Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Toshkentdan Frankfurtga birinchi reys 2026 yil 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Parvozlar zamonaviy Airbus A321-neo havo kemasida amalga oshiriladi.

Yangi yo‘nalish aviakompaniyaning xalqaro parvozlar tarmog‘ini kengaytirish hamda O‘zbekiston bilan Yevropa o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.