Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov Shveysariyaning “Lugano” klubi bilan shartnoma imzoladi va faoliyatini Shveysariya chempionatida davom ettiradi. 19 yoshli futbolchining transferi haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Karimov 2007 yil 7 avgustda tug‘ilgan va «Odil Djunior» akademiyasida tarbiya olgan. Keyinchalik u Toshkentning “Olimpik” klubida o‘ynagan, 2025 yil fevral oyida esa Termizning “Surxon” jamoasi futbolchisiga aylangan.
O‘ng qanot himoyachisi O‘zbekiston chempionatida o‘zini tezda namoyon etib, milliy terma jamoaga chaqiruv oldi. 2026 yilgi jahon chempionatida Karimov Kolumbiya va Portugaliya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushdi.
1908 yilda tashkil etilgan “Lugano” Shveysariyaning eng qadimiy futbol klublaridan biri hisoblanadi. Jamoa mamlakat chempionatida uch marta g‘olib chiqqan va Shveysariya Kubogini to‘rt marta qo‘lga kiritgan.
2025/26 mavsumida “Lugano” Shveysariya Superligasida uchinchi o‘rinni egalladi. Klub 38 ta uchrashuvda 19 ta g‘alaba qozondi, 10 marta durang o‘ynadi va 9 ta mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa mavsumni 67 ochko bilan yakunladi.
Mavsum yakuniga ko‘ra, “Lugano” UYEFA Konferensiyalar ligasi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.