O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekistonda YHQ bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish tartibi o‘zgarishi mumkin

UzDaily tahririyati · 08.08.2026 · 18:00 · 26 views
O‘zbekistonda YHQ bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish tartibi o‘zgarishi mumkin
O‘zbekistonda YHQ bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish tartibi o‘zgarishi mumkin / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq maʼmuriy ishlarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish tartibini o‘zgartirish taklif etilmoqda. Tegishli loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Hujjatga muvofiq, YHQ buzilishiga oid maʼmuriy ishlar Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining «Maʼmuriy amaliyot» moduli orqali elektron shaklda yuritilishi rejalashtirilmoqda.

Maʼmuriy ishlar materiallari, ashyoviy va raqamli dalillar ham sudlarga elektron shaklda yuboriladi.

Loyihada eksterritoriallik tamoyilini joriy etish nazarda tutilgan bo‘lib, bu fuqarolar va yuridik shaxslarga maʼmuriy ishlar bo‘yicha murojaatlarni mamlakatning istalgan hududiy markazida topshirish imkonini beradi. Shuningdek, to‘siqsiz qabulni tashkil etish uchun «yagona darcha» tizimi va open space formatidagi yondashuvdan foydalanish taklif etilmoqda.

Qoidabuzarliklarni rasmiylashtirishda planshetlardan foydalanish rejalashtirilmoqda. Elektron bayonnomalarni elektron raqamli imzo yoki barmoq izi orqali tasdiqlash taklif etilmoqda.

Maʼmuriy ishlar bo‘yicha qarorlar va xabarnomalarni mobil ilovalar, SMS hamda shaxsiy kabinetlar orqali yuborish rejalashtirilmoqda.