O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Mahmud Murodov Oktagon ligasida yarim og‘ir vazn chempioni bo‘ldi

UzDaily tahririyati · 03.08.2026 · 12:25 · 22 views
Mahmud Murodov Oktagon ligasida yarim og‘ir vazn chempioni bo‘ldi
Mahmud Murodov Oktagon ligasida yarim og‘ir vazn chempioni bo‘ldi / Foto: UFC.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik aralash yakkakurashlar ustasi Mahmud Murodov Oktagon 92 turnirida irlandiyalik Uill Fleri ustidan muddatidan oldin g‘alaba qozonib, Oktagon ligasining yarim og‘ir vazn toifasidagi yangi chempioniga aylandi.

Pragada bo‘lib o‘tgan turnirning asosiy janglaridan biri sifatida o‘tkazilgan ushbu bellashuv 36 yoshli Murodov uchun yarim og‘ir vazn toifasidagi (93 kg gacha) debyut jang bo‘ldi.

Besh raundga mo‘ljallangan chempionlik jangi ikkinchi raund boshida yakunlandi. Murodov raqibini nokautga uchratib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchi Uill Fleridan chempionlik unvonini tortib oldi va Oktagon ligasining yarim og‘ir vazn toifasidagi yangi chempioniga aylandi.

Bundan oldingi jangida Murodov o‘rta vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.

UFCdan ketganidan keyin Murodov o‘tkazgan barcha to‘rtta jangda g‘alaba qozondi. Uning professional faoliyati hisobida 30 ta g‘alaba, sakkizta mag‘lubiyat va natijasi hisoblanmagan bitta jang mavjud.

37 yoshli Uill Fleri uchun mazkur mag‘lubiyat oltita ketma-ket g‘alabadan keyingi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

Yarim og‘ir vazndagi chempionlik unvonidan mahrum bo‘lganiga qaramay, irlandiyalik jangchi Oktagon ligasining og‘ir vazn toifasidagi chempionlik kamarini saqlab qolmoqda. U professional faoliyati davomida 17 ta g‘alaba qozongan, to‘rt marta mag‘lub bo‘lgan va bitta jangi natijasiz yakunlangan.