O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Poliz ekinlari yetishtirish hajmi 8,3 % ga oshgan

Dilafro'z Niyazova · 18.08.2025 · 15:30 · 739 views
Poliz ekinlari yetishtirish hajmi 8,3 % ga oshgan
Poliz ekinlari yetishtirish hajmi 8,3 % ga oshgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizdagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 369,3 ming tonna poliz ekinlari yetishtirilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8,3 % ga oshgan.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha ularning hajmi quyidagicha:

fermer xoʻjaliklarida – 123,5 ming tonna

dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida – 235,7 ming tonna

qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 10,1 ming tonna