O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Pokiston bosh vaziri «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurdi

Dilafro'z Niyazova · 25.02.2025 · 23:50 · 656 views
Pokiston bosh vaziri «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurdi
Pokiston bosh vaziri «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan birgalikda «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurdi.

Shahboz Sharif 25 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi. Tashrif doirasida u «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida joylashgan Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Tashrif chog‘ida yuqori martabali mehmonga majmuaning meʼmoriy xususiyatlari, uning kompozitsion g‘oyasi va ramziy maʼnosi haqida maʼlumot berildi. Majmua Pokiston delegatsiyasida chuqur taassurot qoldirdi.

Taʼkidlash lozimki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan martabali mehmonlarning Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan barpo etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi anʼanaga aylangan.