O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston yashil xaridlar sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

UzDaily tahririyati · 05.07.2026 · 12:05 · 30 views
Oʻzbekiston yashil xaridlar sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston yashil xaridlar sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 1-iyul kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Expertise France hamda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yashil davlat xaridlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Agentlik va Expertise France o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar elektron davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, yashil davlat xaridlarini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish, davlat buyurtmachilari va yetkazib beruvchilarning salohiyatini oshirish hamda xalqaro tajribani milliy tizimga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, uchrashuvda Agentlik va Expertise France o‘rtasidagi 10 oylik qo‘shma ish rejasining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Unda yashil davlat xaridlarini bosqichma-bosqich joriy etish, ustuvor mahsulotlar bo‘yicha pilot tenderlarni o‘tkazish, elektron davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish, elektron yetkazib beruvchilarni baholash mexanizmlarini rivojlantirish, davlat buyurtmachilari va yetkazib beruvchilarning malakasini oshirish hamda xalqaro tajribani milliy tizimga tatbiq etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur ish reja Prezidentning 2026-yil 6-fevraldagi qarori bilan Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan ustuvor vazifalarni birgalikda amalga oshirish hamda o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.