Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Yaponiya ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kenji Hirata bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar oliy darajadagi tadbirlar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va joriy yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.