O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Baxtiyor Saidov SHHT doirasida Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

UzDaily tahririyati · 24.07.2026 · 18:00 · 29 views
Baxtiyor Saidov SHHT doirasida Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov SHHT doirasida Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan birga Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qabulda bo‘ldi. Uchrashuv 24 iyul kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘iziston prezidentiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini yetkazdi.

Tomonlar ikki davlat rahbarlari o‘rtasida shakllangan birodarlik munosabatlari barcha yo‘nalishlardagi ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlash uchun mustahkam zamin yaratayotganini taʼkidladilar.

Uchrashuvda Qirg‘izistonning SHHTga raisligiga alohida eʼtibor qaratildi. Qatnashchilar Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan tashkilot sammitiga tayyorgarlik ishlarini yuqori baholadilar.

Baxtiyor Saidov O‘zbekiston vakillari SHHT organlarining turli darajadagi majlislari, shuningdek, tashkilot homiyligida o‘tkazilayotgan konferensiyalar, forumlar va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etayotganini taʼkidladi.