O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Eron Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

Oʻzbekiston va Eron Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
Oʻzbekiston va Eron Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar / Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Eron Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat va masʼuliyatli faoliyatida yangi zafarlar tiladi.

Oʻzbekiston yetakchisi Yaqin Sharq mintaqasida keskinlik davom etayotganidan jiddiy tashvish bildirib, ayni paytda vazminlikni saqlash va muloqotni qayta tiklash har qachongidan ham muhim ekanligini alohida taʼkidladi.

Telefon suhbati davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston va Eron yetakchilari kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.