Polsha O‘zbekiston fuqarosini mamlakatdan chiqardi
Polsha O‘zbekiston fuqarosini mamlakatdan chiqardi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Polsha hokimiyati Belarus hududidan noqonuniy migratsiyani tashkil etishga aloqador deb hisoblangan O‘zbekiston fuqarosini mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda Polsha Chegara xizmatining Nadbujan bo‘limi xabar qildi.
Fuqaro Lyublin shahridagi nazorat-o‘tkazish punktida hujjatlari tekshirilayotgan vaqtda ushlangan. Bundan avval u Zamoss shahridagi jazoni ijro etish muassasasida ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan.
Chegara xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Polsha—Belarus chegarasidan noqonuniy migrantlarni Polsha hududi ichkarisiga tashishni tashkil qilib, buning evaziga katta miqdorda moliyaviy daromad olgan.
Idoraning taʼkidlashicha, ushbu xorijlikning mamlakat hududida keyingi bo‘lishi jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid solgani sababli uni mamlakatdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Politsiya xodimlari kuzatuvida u Varshava aeroportiga olib kelingan va shu yerdan Polsha hududini tark etgan. Shuningdek, unga o‘n yil muddatga Polsha hamda Shengen hududiga kirish taqiqlangan.