O‘zbekiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari uchrashdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari uchrashdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 23 iyul kuni Cho‘lponota shahrida Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Vazirlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Shuningdek, tomonlar turli darajalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lajak ikki tomonlama tashriflar va qo‘shma tadbirlar jadvalini ham ko‘rib chiqdilar.