O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari hamkorlikni muhokama qildi

UzDaily tahririyati · 24.07.2026 · 12:35 · 31 views
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 23 iyul kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning keng doiradagi masalalarini muhokama qildilar. Ular siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, yuqori texnologiyalar sohalaridagi hamkorlik, shuningdek boshqa ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oldi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Vazirlar iqtisodiy diplomatiya samaradorligini oshirish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, «Markaziy Osiyo — Xitoy» formati va boshqa ko‘p tomonlama mexanizmlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har qanday sharoitda ham mustahkam bo‘lgan har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yana-da kuchaytirish uchun saʼy-harakatlarni birlashtirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.