7
Turizm

Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish hamda sayyohlar almashinuvini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, mamlakatlarning turizm salohiyatini targ‘ib etish, sayyohlar almashinuvini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni ko‘paytirish, shuningdek, tibbiyot turizmi yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Eron tomoni Eron fuqarolari uchun viza masalalarini soddalashtirish taklifini bildirdi.

Shuningdek, O‘zbekistonning turizm salohiyatini Eron bozorida keng targ‘ib etish, ikki mamlakatning boy tarixi va madaniy salohiyatidan kelib chiqib,  mamlakatlar o‘rtasida sayyohlar almashinuvni izchil oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.