O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Mingtepa yodgorligida milodiy VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyi aniqlandi

UzDaily tahririyati · 20.07.2026 · 17:10 · 76 views
Mingtepa yodgorligida milodiy VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyi aniqlandi

Mingtepa yodgorligida milodiy VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyi aniqlandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan Mingtepa arxeologik yodgorligida olib borilayotgan tadqiqotlari davomida milodiy VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyining me'moriy qoldiqlari aniqlandi. Arxeologik qazishma ishlari Yahyo G'ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutining ilmiy xodimlari Amriddin Berdimurov, Husniddin Rahmonov va Nigora Mahkamovalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Qazishmalar natijasida yodgorlikning Ark (qal'a) qismida joylashgan, milodiy VIII asrning birinchi yarmiga mansub bo'lgan saroy majmuasining me'moriy tuzilishi ochib berildi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, inshootning qurilish uslubi ilk o'rta asrlar davri shaharsozligi, me'morchiligi hamda davlat boshqaruv tizimini o'rganishda muhim ilmiy manba hisoblanadi.

Shuningdek, qazishma ishlari davomida saroyning zal qismidan VIII asrga oid haykaltaroshlik namunalari ham topilib, ular yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Arxeologlarning qayd etishicha, mazkur topilmalar Mingtepa yodgorligining siyosiy, madaniy hayoti, ilk o'rta asrlardagi hududning tarixiy taraqqiyoti haqida yangi ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.