Oʻzbekiston va Xitoy qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Xitoy qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Xitoy qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoy qishloq xo‘jaligi sohasida yirik salohiyat va ilg‘or tajribaga ega. Agrar sohada ilmiy-innovatsion yechimlar, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, suv tejamkor texnologiyalar, cho‘llanishga qarshi kurash, urug‘chilikni rivojlantirish kabi qator yo‘nalishlar O‘zbekiston-Xitoy qishloq xo‘jaligi hamkorligida muhim o‘rin tutadi.

Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi tomonidan ushbu yo‘nalishlarda Xitoyning vazirlik va idoralari, davlat va xususiy kompaniyalari, ilmiy-innovatsion muassasalari bilan doimiy muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi (CAAS) rahbariyati va mutaxasislari bilan so‘nggi oylarda bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Akademiya prezidenti Xuan Sanven bilan muloqotlarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, cho‘llanishga qarshi kurash borasidagi keng qamrovli saʼy-harakatlar va dasturlar haqida atroflicha axborot berildi.

O‘zaro hamkorlikda mamlakatlarimiz uchun muhim yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-amaliy almashinuvlarni kengaytirish, o‘zaro qo‘shma o‘quv dasturlari, akademik va tajriba almashuv kurslari, ilmiy anjuman va forumlarni tashkil etishga kelishildi. Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalar va integratsiyalashgan sug‘orish tizimlarini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, bioxavfsizlik, sho‘rlangan va degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash kabi masalalarda hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi 1957 yilda tashkil etilgan. Akademiya 40 ga yaqin ilmiy-tadqiqot institutlari va 8 ta qishloq xo‘jaligi ilmiy-texnik innovatsion markazlariga ega bo‘lib, dunyodagi eng yirik akademiyalardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi sohasida Xitoyning eng yirik ilmiy tashkilotidir.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling