Oʻzbekiston va Xitoy logistika va pillachilikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Xitoy logistika va pillachilikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Xitoy logistika va pillachilikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 28-aprel kuni Nankin shahrida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi hamda "SOHO Holding Group" korporatsiyasi va Szyansu provinsiyasining logistika, savdo va pillachilik sohalaridagi 10 ta yirik kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida tomonlar zamonaviy logistika xabini tashkil etish istiqbollarini, shuningdek, amaldagi pillachilik klasterlarini kengaytirish hamda Jizzax viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangilarini barpo etish imkoniyatlarini atroflicha muhokama qildilar.

Shuningdek, uy-joy qurilishi sohasida hamkorlikni rivojlantirish, xususan, "Yangi Toshkent" hududida zamonaviy turar joy majmualarini bunyod etishga doir rejalar ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida belgilangan maqsad va tashabbuslarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelgusidagi birgalikdagi qadamlar kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling