O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Oʻzbekiston va Tuoren Group tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarishni muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 15.08.2026 · 17:30 · 31 views
Oʻzbekiston va Tuoren Group tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarishni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Tuoren Group tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarishni muhokama qilishdi / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Shinjon tibbiy buyumlar sanoati assotsiatsiyasi (Xinjiang Medical Device Industry Association) ijrochi prezidenti, Xinjiang Yixun Medical Device Co., Ltd. kompaniyasi boshqaruvi raisi hamda Xitoyning "Tuoren Group" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotning asosiy mavzusi O‘zbekistonda tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish masalalariga qaratildi.

Xitoy tomoni "Tuoren Group" kompaniyasining anesteziologiya, intensiv terapiya va gemodializ yo‘nalishlarida tibbiy uskunalar hamda sarf materiallari ishlab chiqarish borasidagi tajribasi va xalqaro salohiyatini taqdim etdi.

Ayniqsa, gemodializ uchun tibbiy uskunalar va sarf materiallarini O‘zbekistonda mahalliylashtirish bo‘yicha qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va yangi investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida maʼlumot berildi.

Mazkur hamkorlik tibbiy buyumlar importini qisqartirish, mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va zamonaviy tibbiy texnologiyalarni O‘zbekistonda o‘zlashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.