O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Xitoy kompaniyasi Qo‘qondagi universitet bilan loyihalarni muhokama qildi

UzDaily tahririyati · 15.08.2026 · 18:00 · 38 views
Xitoy kompaniyasi Qo‘qondagi universitet bilan loyihalarni muhokama qildi
Xitoy kompaniyasi Qo‘qondagi universitet bilan loyihalarni muhokama qildi / Foto: Farg‘ona viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Shaanxi Foreign Economic & Trade Construction Group Co., Ltd.” (SFETCG) kompaniyasi rahbari Sin Szyanbang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Qo‘qon shahrida tashkil etilgan muloqotda taʼlim va turizm sohalarida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur kompaniya Qo‘qon davlat universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, bir qator loyiha takliflarini tayyorlagan. Uchrashuvda ilg‘or tajriba va ilmiy yondashuvlar asosida Qo‘qon shahrida turizm salohiyatini oshirish, shuningdek, universitet bilan tibbiyot hamda inklyuziv taʼlim bo‘yicha sheriklik o‘rnatish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama munosabatlarni aniq loyihalar doirasida davom ettirishga kelishildi.

“SFETCG” — Xitoyning Shensi provinsiyasida tashkil etilgan yirik davlat kompaniyasi bo‘lib, xalqaro qurilish, muhandislik va tashqi savdo yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. Kompaniya Markaziy Osiyo va O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini izchil kengaytirib bormoqda.