O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Quvayt hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Dilafro'z Niyazova · 22.05.2026 · 20:40 · 509 views
Oʻzbekiston va Quvayt hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Quvayt hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Kuvayt Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Turki Xolid Hamad al-Mikrad bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘zaro tashriflar almashinuvi va xalqaro anjumanlarni birgalikda tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni faollashtirishga kelishib olindi.